Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mbappe, Bellingem va Kubarsi La Liga tur ramziy jamoasidan joy oldi

Mbappe, Bellingem va Kubarsi La Liga tur ramziy jamoasidan joy oldi

Baho:
+ | -

SofaScore statistik portali La Liga 2026/27 yilgi mavsumi 2-turining ramziy jamoasini e’lon qildi. Eng yuqori baho «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappega berildi — 10 ball.

Fransiyalik hujumchi «Real Sosyedad»ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Mbappe 8 marta zarba berib, ularning 7 tasini darvoza sohasiga yo‘lladi. Uning jamoadoshi Jud Bellingem esa ikkita golli uzatmasi uchun 9,0 ball oldi.

Ramziy jamoadan «Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi ham joy oldi. 19 yoshli futbolchining «Atletik»ka qarshi o‘yini 8,0 ball bilan baholandi. Bilbaoliklar darvozaboni Unai Simon esa mag‘lubiyatga qaramay 9,0 ball to‘pladi.

Tur ramziy jamoasida eng ko‘p futbolchi «Alaves»dan — uch nafar: Mariano Dias 9,2, Mikel Rodriges 8,1 va Nauel Tenalya 8,6 ball olgan. «Atletiko»dan David Xansko 8,7 va Li Kan In 8,1 ball bilan ro‘yxatga kiritilgan.

La Liga 2-tur ramziy jamoasi:

Unai Simon — Serxio Karreyra, David Xansko, Pau Kubarsi, Nauel Tenalya — Jud Bellingem, Mikel Rodriges, Kan In Li — Roberto Fernandes, Kilian Mbappe, Mariano Dias.

Shu tariqa, turning eng yuqori baholangan uch futbolchisi Mbappe — 10, Mariano Dias — 9,2 va Bellingem hamda Unai Simon — 9,0 ball bilan qayd etildi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:30, 28.08.2026.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик