talkSPORT xabariga ko‘ra, "Chelsi" markaziy himoyachisi Tosin Adarabioyo "Manchester Yunayted"ga taklif qilingan.
28 yoshli futbolchi "Chelsi"ning Premyer-liga 1-turida "Fulxem"ga qarshi o‘yini hamda Angliya Liga kubogida "Luton Taun" bilan bahs uchun qaydnomaga kiritilmagan.
Hozirda Adarabioyoni sotishga ruxsat berilgan va unga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
"Manchester Yunayted" bu imkoniyatdan foydalanadimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas. Biroq mankunianliklar tarkibidagi amaldagi markaziy himoyachilarning jarohatlarga moyilligi sabab bu pozisiyani kuchaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" uchun asosiy transfer ustuvorligi chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash bo‘lib qolmoqda.













