«Bavariya» yangi mavsumni ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi.
Vensan Kompani shogirdlari Bundesliganing 1-turida «Shtutgart»ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Bundan avval, 22 avgust kuni myunxenliklar Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida yenggan edi.
Shu tariqa, «Bavariya»ning Bundesligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi.
Myunxen klubi chempionatda so‘nggi bor yanvar oyida «Augsburg»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Bu «Bavariya»ning o‘tgan mavsum davomida Bundesligadagi yagona mag‘lubiyati bo‘lgan.













