Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Mourinyo — Diomande haqida: «U darhol butun ligadan ustun bo‘lib ketishini kutmaslik kerak»

Mourinyo — Diomande haqida: «U darhol butun ligadan ustun bo‘lib ketishini kutmaslik kerak»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yangi futbolchisi Yan Diomande haqida fikr bildirdi.

«Qaymoqranglilar» 19 yoshli vingerni «RB Leypsig»dan 125 million yevroga sotib olgan. La Liganing «Malaga»ga qarshi bugungi o‘yinida (4:0) ivuarlik futbolchi 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Diomande juda ko‘p ishlayapti, u kamtar, o‘rganishni xohlaydi, mening va jamoadoshlarining gaplariga quloq tutadi. Uning vaqti hali keladi. Sizlar doim uning transfer qiymati haqida gapirasiz. Qancha edi — 100 yoki 120 millionmi? Aniq eslay olmayman. U juda iqtidorli, ammo hali juda yosh va sodda. U darhol butun ligadan ustun bo‘lib ketadigan futbolchi emas. Xotirjam bo‘ling, voqealarni tezlashtirish shart emas», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltiradi.

Bunga qadar o‘tkazilgan ikki uchrashuvda ham portugaliyalik murabbiy Diomandeni o‘yinning so‘nggi qismiga yaqin maydonga tushirgan.

Kiritildi: 03:40, 31.08.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик