Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

«Roma» Enrike transferiga jiddiy qiziqqan

«Roma» Enrike transferiga jiddiy qiziqqan

Baho:
+ | -

«Roma» «Zenit»ga braziliyalik hujumchi Luis Enrike transferi bo‘yicha yana bir taklif bilan chiqdi. Bu haqda ESPN Brasil xabar berdi.

Italiya klubi futbolchi uchun 38 million yevro miqdorida kafolatlangan to‘lovni amalga oshirishga tayyor.

Yana 5 million yevro turli shartlarning bajarilishiga bog‘liq bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, ehtimoliy bitimning umumiy qiymati 43 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Roma» Luis Enrike uchun 38 million yevro taklif qilgan, ammo «Zenit» bu taklifni rad etgan edi. Italiyada transfer oynasi 1 sentyabr kuni kechqurun yopiladi.

Luis Enrike transferi bo‘yicha muzokaralar murakkab kechayotgani sababli, «Roma» Yevropaning boshqa futbolchilarini ham ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida «Shtutgart» vakili, germaniyalik Jeymi Leveling ham bor.

25 yoshli Luis Enrike ikki yarim mavsumdan buyon «Zenit» sharafini himoya qilmoqda. Uning peterburgliklar bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 20:20, 31.08.2026.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик