«Benfika» «Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverrini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabrisio Romano xabar berishicha, klublar o‘rtasida kelishuvga erishilgan. 20 yoshli futbolchi «Benfika»ga ijara asosida o‘tadi, bunda Lissabon klubi uning maoshini to‘liq qoplaydi. Shuningdek, kelishuvga futbolchini sotib olish opsiyasi ham kiritiladi.
Echeverri transferni rasmiylashtirish uchun bugunning o‘zida Portugaliyaga yo‘l olishi kutilmoqda. Futbolchini sotib olish opsiyasi qiymati hozircha ma’lum qilinmagan.
«Manchester Siti» Echeverrini 2024 yil yanvar oyida «River Pleyt»dan sotib olgan edi. Biroq argentinalik futbolchi yana bir yil o‘z tarbiyalanib chiqqan klubida qolgan. Shuningdek, u «Bayer» va «Jirona» klublarida ijara asosida to‘p surgan.













