Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Namanganda “Ayaks” futbol akademiyasi ish boshladi

Namanganda “Ayaks” futbol akademiyasi ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Namangan shahrining Davlatobod tumanida “Navbahor” klubi qoshida “Ayaks” klubi bilan hamkorlikda tashkil etilgan futbol akademiyasi tantanali ravishda o‘z faoliyatini boshladi.

Prezidentimizning 2025 yil sentyabr oyida Namanganga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqqa ko‘ra, o‘sib kelayotgan yosh avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida “Navbahor” professional klubiga qarashli oliy mahorat futbol maktabi uch yil muddatga Niderlandiyaning dunyoga mashhur “Ayaks” klubi futbol akademiyasi boshqaruviga berildi. Natijada, Namangan viloyati sport boshqarmasi hamda Yevropa Chempionlar ligasining uch karra g‘olibi, UYEFA kubogi sohibi – Amsterdamning “Ayaks” futbol klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zaro bitimga asosan, klublar o‘rtasida qo‘shma o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etilib, namanganlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha “Ayaks”ning boshqaruv modeli joriy etiladi.

Mazkur hamkorlik memorandumiga asosan, Yevropa futbol akademiyasining tajribali murabbiylari, “skaut” va metodistlaridan iborat mutaxassislar guruhi Namanganda faoliyat yuritmoqda. Ushbu kadrlar viloyatdagi futbol infratuzilmasi va shahar, tumanlarda yoshlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Niderlandiyalik mutaxassislar boshchiligida olib borilgan seleksiya ishlari natijasida ko‘plab nomzodlar orasidan texnik tayyorgarligi, o‘yin tafakkuri, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va jismoniy imkoniyatlari orqali alohida ajralib turgan yosh iqtidor egalari saralab olindi. Sinovdan o‘tgan yosh futbolchilar endilikda ko‘hna qit’alik mutaxassislar va malakali murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulotlarni boshlab, Yevropa futboli tajribasi asosida saboq oladi.

 

Kiritildi: 21:12, 01.09.2026.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик