Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Massokki «Napoli» bilan xayrlashdi

Massokki «Napoli» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Paskuale Massokki ikki yarim yildan so‘ng «Napoli»ni tark etib, «Venesiya» safiga o‘tmoqda.

Qizig‘i, Massokki «Napoli» safidagi ilk o‘yinida maydonga tushganidan atigi to‘rt daqiqa o‘tib qizil kartochka olgan edi.

Futbolchi Neapol klubi bilan xayrlashar ekan, ta’sirli fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu futbolkani ilk bor kiygan kunimdan boshlab hammasi boshqacha yakunlanishini orzu qilardim. Ammo hayot har doim ham seni o‘zing istagan manzilga olib bormaydi. Buni qabul qilish va har qanday vaziyatga tayyor turish kerak. Men bu yerga kelishimdan oldin ham neapolitanlik edim. Bu futbolkani kiygan paytimda ham shunday bo‘lib qoldim va umrim oxirigacha neapolitanlik bo‘lib qolaman», — deb yozdi Massokki.

Uning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.

Massokki «Napoli» safida jami 54 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 07:30, 02.09.2026.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик