Frankfurtning «Ayntraxt» klubi yarim himoyachisi Ugo Larsson faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi.
22 yoshli shvesiyalik yarim himoyachi Londonning «Fulxem» klubi safiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Skandinaviyalik futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar «dachniklar» safida ijara asosida to‘p suradi.
O‘tgan mavsumda Larsson «Ayntraxt» safida Germaniya Bundesligasida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliya chempionatining dastlabki ikki turidan keyin «Fulxem» hali ochko jamg‘ara olmagan va turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.













