Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fiorentina» bir kunda ikki transferni hal qildi — Nyonto keldi, Mandragora ketdi

«Fiorentina» bir kunda ikki transferni hal qildi — Nyonto keldi, Mandragora ketdi

Baho:
+ | -

«Fiorentina» transfer bozorida bir vaqtning o‘zida ikki muhim kelishuvni amalga oshirdi.

Florensiya klubi «Lids» vingeri Vilfrid Nyontoni o‘z safiga qo‘shib oldi. 22 yoshli italiyalik futbolchi «binafsharanglilar»ga ijara asosida o‘tdi, kelishuvga uni keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham kiritilgan.

Nyonto o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shu bilan birga, «Fiorentina» yarim himoyachisi Rolando Mandragora klubni tark etdi. 29 yoshli futbolchi «Torino»ga 5 million yevro evaziga transfer qilindi.

Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Mandragora Turin klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

O‘tgan mavsumda italiyalik yarim himoyachi A Seriyada 34 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:07, 02.09.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик