Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Oser» Angliyadan birdaniga ikki futbolchini olib keldi

«Oser» Angliyadan birdaniga ikki futbolchini olib keldi

Baho:
+ | -

«Oser» tarkibini Angliyadan kelgan birdaniga ikki futbolchi bilan kuchaytirdi.

Fransiya klubi «Sautgempton» hujumchisi Kemeron Archerni bir mavsumga ijaraga oldi. «Aston Villa»ning sobiq forvardi bilan tuzilgan kelishuvda keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan. Archer yangi jamoasida 9-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Shuningdek, «Oser» «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Aksel Tuanzebeni ham o‘z safiga qo‘shdi.

Yozda «Bernli»ni tark etgan futbolchi Fransiya klubiga erkin agent maqomida keldi. Tuanzebe bilan bir yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, kelishuvni yana uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi «Oser»da 4-raqam ostida to‘p suradi.

Kiritildi: 12:12, 02.09.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик