"PSJ" qishki transfer oynasi uchun hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Fransiya chempioni yozda o‘ng oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi izlagan, ammo yakunda bu pozisiyaga yangi futbolchi olishga muvaffaq bo‘lmagan.
Shunga qaramay, himoya chizig‘ini kuchaytirish zarurati hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. "PSJ" yozda ko‘rib chiqqan bir qator nomzodlar hali ham klub radaridan chiqmagan.
Parijliklar transfer oynasi yanvarda qayta ochilganida ushbu variantlarga yana murojaat qilishi mumkin.
Biroq bu safar "PSJ" faqat sport va moliyaviy talablariga to‘liq mos keladigan imkoniyat paydo bo‘lgan taqdirdagina transferni amalga oshiradi.













