Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Keyn Germaniya kubogida «Bavariya» rekordini takrorladi

Keyn Germaniya kubogida «Bavariya» rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya kubogida klub rekordini takrorladi.

Angliyalik futbolchi yangi mavsumdagi Germaniya kubogining ilk uchrashuvida «Osnabryuk» darvozasiga ikkita gol urdi va myunxenliklarning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Bu Keyn uchun Germaniya kubogi doirasida ketma-ket gol urgan yettinchi uchrashuv bo‘ldi. Ushbu seriya o‘tgan mavsumda boshlangan.

Ketma-ket 7 ta kubok o‘yinida gol urish natijasi «Bavariya» klub rekordining takrorlanishi bo‘ldi. Ilk bor bunga 1967–1968 yillarda Gerd Myuller erishgan.

Keyinchalik, XXI asrda Tomas Myuller ham xuddi shunday natija qayd etgan. Uning golli seriyasi 2013 yilda boshlanib, 2014 yilda yakunlangan.

Endi Xarri Keyn Germaniya kubogidagi keyingi uchrashuvda gol ursa, klubning yangi rekordini o‘rnatishi mumkin.

Kiritildi: 07:20, 03.09.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик