Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Real» Raul Asensioga nisbatan intizomiy ish boshladi

«Real» Raul Asensioga nisbatan intizomiy ish boshladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachi Raul Asensioga nisbatan intizomiy tekshiruv boshladi. Bu haqda COPE xabar berdi.

16 avgust kuni futbolchi Kanar orollarida polisiya tomonidan tekshiruv uchun to‘xtatilgan. Alkogol miqdorini aniqlash uchun o‘tkazilgan test natijasi belgilangan me’yordan yuqori chiqqan.

Sud Asensioni 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortdi va uni 8 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qildi.

«Real» esa voqea tafsilotlarini o‘rganib chiqadi va klubning ichki tartib-qoidalariga muvofiq futbolchiga nisbatan jazo chorasini belgilaydi. Ehtimoliy jarima miqdori hozircha ochiqlanmagan.

O‘tgan mavsumda Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde janjaldan keyin har biri 500 ming yevrodan jarimaga tortilgan edi.

Kiritildi: 07:58, 03.09.2026.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик