Italiyada futbolchilar, murabbiylar va hakamlarni o‘tgan mavsumdagi natijalari uchun taqdirlashga bag‘ishlangan Gran Galà del Calcio marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim doirasida 2025/26 yilgi A Seriya mavsumining ramziy terma jamoasi ham tuzildi.
Darvozabon:
— Mile Svilar — «Roma».
Himoyachilar:
— Federiko Dimarko — «Inter»;
— Alessandro Bastoni — «Inter»;
— Manuel Akandji — «Inter»;
— Marko Palestra — «Kalyari».
Yarim himoyachilar:
— Skott Maktominey — «Napoli»;
— Luka Modrich — «Milan»;
— Hakan Chalxanoglu — «Inter».
Hujumchilar:
— Niko Pas — «Komo»;
— Doniell Malen — «Roma»;
— Lautaro Martines — «Inter».
Shu tariqa, ramziy jamoadan «Inter»ning to‘rt nafar futbolchisi joy oldi.













