Nik Voltemade «Nyukasl»dan «Yuventus»ga ijara asosida o‘tganidan so‘ng ilk fikrlarini bildirdi.
«Yuventus» — Italiyaning eng buyuk klubi. Eng muhimi, jamoa chempionatdagi dastlabki ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.
To‘pni ko‘p nazorat qiladigan va kerakli paytda undan to‘g‘ri foydalana oladigan bunday jamoada o‘ynashimdan juda xursandman. Menimcha, aynan shunday futbolda o‘zimning eng yaxshi jihatlarimni namoyish eta olaman», — dedi hujumchi.













