Bugun O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan OKMK — «Xorazm» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bahs Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuv «Futbol TV» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 7 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 4 tasida OKMK g‘alaba qozongan, «Xorazm» esa 1 marta ustun kelgan. Yana 2 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
O‘zaro bahslarda to‘plar nisbati ham Olmaliq klubi foydasiga — 11:5.
OKMKning «Xorazm» ustidan eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida qayd etilgan. «Xorazm»ning raqibiga qarshi eng yirik g‘alabasi esa 1:0 hisobini tashkil qiladi.
OKMK — «Xorazm»
3 sentyabr, 19:00
OKMK sport majmuasi
Translyasiya: «Futbol TV»













