Ispaniyaning Onda Cero radiostansiyasi jurnalisti Inigo Taberna «Evro-Futbol.Ru» nashriga bergan eksklyuziv intervyusida «Real Sosyedad» yarim himoyachisi Arsen Zaxaryanning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Agar Zaxaryanda klubni tark etish imkoniyati paydo bo‘lsa, “Real Sosyedad” uni qo‘yib yuboradi. Ko‘rinishidan, u klub qutula olmayotgan futbolchiga aylanib qolgan.
Chamasi, joriy mavsumda birorta ham jamoa u bilan shartnoma tuzishni istamagan», — dedi jurnalist.













