Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Martinellining "Al-Hilol"ga sotilishi "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi

Martinellining "Al-Hilol"ga sotilishi "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi

Baho:
+ | -

25 yoshli vinger Gabriel Martinellining "Arsenal"dan "Al-Hilol"ga o‘tishi London klubi tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi. Futbol transferlarini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portaliga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga 70 million yevro to‘langan.

Transfer rasman 3 sentyabr, payshanba kuni e’lon qilindi. Martinelli yangi klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Bungacha "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer yarim himoyachi Aleks Oksleyd-CHemberlenning "Liverpul"ga 38 million yevroga o‘tishi bo‘lgan.

"Arsenal" tarixidagi eng qimmat transferlar:

1. Gabriel Martinelli «Al-Hilol»ga — € 70 mln.
2. Aleks Oksleyd-CHemberlen «Liverpul»ga — € 38 mln.
3. Nikolya Anelka «Real»ga — € 35 mln.
4. Aleksis Sanches «Manchester Yunayted»ga — € 34 mln.
5. Sesk Fabregas «Barselona»ga — € 34 mln.

Kiritildi: 22:18, 03.09.2026.
O'qildi: 2303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик