«Pari Sen-Jermen» Xvicha Kvarasxeliya bilan yangi shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Parijliklar gruzin futbolchisi bilan yangi shartnoma shartlarini 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimiga qadar kelishib olish uchun maksimal darajada harakat qilmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Klubda Kvarasxeliya mukofotni qo‘lga kiritsa yoki ovoz berish natijalariga ko‘ra kuchli uchlikdan joy olsa, uning maosh bo‘yicha talablari oshishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
O‘tgan mavsumda Xvicha Kvarasxeliya «PSJ»ga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













