Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Roy Kin Martinesga shubha bildirdi

Roy Kin Martinesga shubha bildirdi

Baho:
+ | -3

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin darvozabon Emiliano Martinesning «Chelsi»ga transferiga shubha bilan qaradi.

«Bu «Chelsi» uchun yaxshi xaridmi-yo‘qmi, bilmayman. Ularga yangi darvozabon kerak bo‘lganini tushunaman, ammo o‘tgan mavsumda u «Aston Villa» safida ko‘p gol o‘tkazib yubordi. U xarizmatik shaxs ekanini bilaman, bu jihatini e’tirof etaman. Lekin ishonchim komil emas. Menga bu yoqmaydi. U zarbalarni o‘zidan oldinga, jarima maydoni ichiga qaytarib yuborishni yaxshi ko‘radi», — deya Kinning so‘zlarini The Overlap'ga tayanib Goal keltirdi.

London klubi Martines transferini 30 avgust kuni e’lon qildi. Argentinalik darvozabon «Chelsi» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 07:01, 04.09.2026.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик