Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Chelsi" Aleks Skott transferi uchun yanvardayoq harakat boshlashi mumkin

"Chelsi" Aleks Skott transferi uchun yanvardayoq harakat boshlashi mumkin

Baho:
+ | -

Insayder Saymon Fillips ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni kelasi mavsum uchun o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

London klubi yanvar oyida "Bornmut" bilan muzokara boshlab, 2027 yil yozgi transfer oynasi uchun oldindan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.

Skott yozda ham "Chelsi"ning yarim himoya chizig‘i uchun asosiy nomzodlardan biri edi. Biroq "Bornmut" 23 yoshli futbolchini sotmasligini qat’iy bildirgan va uni jamoada saqlab qolgan.

Skottning amaldagi shartnomasi tugashiga ikki yildan kam vaqt qolgan. Shu bois "Bornmut" futbolchidan transfer mablag‘i ishlab olishni istasa, kelasi yozda uni sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Yarim himoyachiga qiziquvchilar ham kam emas. Yoz davomida Angliya Premyer-ligasining deyarli barcha top-klublari Skott bilan bog‘langan edi. Shu sabab "Chelsi" raqobatchilaridan oldin harakat qilishni istamoqda.

Kiritildi: 16:03, 04.09.2026.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик