«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola dubl qayd etgan Aleksander Isak haqida fikr bildirdi.
«U biz uchun juda muhim futbolchi. Men undan faqat gol urishni talab qilmayman. U yaxshi formada, jismonan tayyor va, albatta, gollar uradi.
Biroq mening unga qo‘yadigan talablarim ko‘proq boshqa jihatlarga — turli vaziyatlarda jamoaga qanday yordam bera olishiga bog‘liq. Shunday bo‘lsa-da, u ketma-ket ikki o‘yinni to‘liq o‘tkazgani, bugun ham maydonda ancha vaqt harakat qilib, gollar urgani juda yaxshi.
Bugun biz pressingda ancha, ancha yaxshiroq harakat qildik. To‘pni raqib maydonida juda yuqorida olib qo‘ydik va shuning hisobiga Isakni qulay pozisiyalarda topa oldik.
Agar to‘pni pastroq hududda qaytarib olsak, uni topish qiyinroq bo‘ladi, chunki bo‘sh hududlar kamayadi. Shu sababli bugungiday to‘qqizinchi raqamimiz uchun qulay vaziyatlar yaratish maqsadida yanada sifatli va faol harakat qilishimiz kerak», — dedi Iraola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.













