Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Aston Villa» 55 yillik antirekordni takrorladi

«Aston Villa» 55 yillik antirekordni takrorladi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» shanba kuni muxlislarini xursand qila olmadi. APL doirasida «Xall Siti»ga qarshi safar uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.

Ayni paytda «Villa» turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 1 ochko bor, to‘plar nisbati esa 0:5.

Qizig‘i, o‘tgan mavsumda ham «Aston Villa» APLning dastlabki uch turida birorta ham gol ura olmagan edi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Angliya yuqori divizioni tarixida bunga qadar faqat bir jamoa ikki mavsum ketma-ket chempionatning dastlabki uch turini golsiz o‘tkazgan. Bu natijani «Ipsvich» 1969/70 va 1970/71 yilgi mavsumlarda qayd etgan.

Shu tariqa, «Aston Villa» 55 yil avvalgi antirekordni takrorladi.

Qayd etish joiz, o‘tgan mavsumdagi golsiz start «Aston Villa»ga yakunda 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga xalaqit bermagan edi.

Kiritildi: 04:59, 06.09.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик