Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid - Inter
08/09 23:59 Portu - Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D - Vilyarreal
08/09 23:59 Lill - Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Turan: «Agar «Donbass-Arena»da o‘ynaganimizda, Chempionlar ligasi asosiy bosqichida top-8 talikdan joy olishni maqsad qilgan bo‘lardim»

Turan: «Agar «Donbass-Arena»da o‘ynaganimizda, Chempionlar ligasi asosiy bosqichida top-8 talikdan joy olishni maqsad qilgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Shahtyor» bosh murabbiyi Arda Turan jamoasining Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi bo‘lajak starti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bizning maqsadimiz va orzuyimiz — Chempionlar ligasi asosiy bosqichining eng yaxshi 24 ta jamoasi qatoridan joy olish. Kechagina terma jamoalar tanaffusigacha, sentyabr oyi oxirigacha bo‘lgan rejani tuzayotgan edik va sizni ishonchingiz komil bo‘lsinki, jadvalda hatto uxlash uchun ham vaqt kam. Shunga qaramay, birinchi navbatda urush sharoitida yashashda davom etayotgan insonlar uchun bor kuchimizni berishimiz kerak — bu biz qila oladigan yagona narsa. Bu bizning orzuyimiz va bu haqiqatan ham oson bo‘lmaydi, loaqal o‘z uy uchrashuvlarimizni qadrdon uyimizdan minglab kilometr uzoqlikda o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelayotgani sababli.

Ishonch bilan ayta olamanki, agar «Donbass-Arena»da o‘ynaganimizda, kuchli sakkiztalikda faoliyatimizni yakunlashni maqsad qilgan bo‘lardim. Mezbon tribunalarning qo‘llab-quvvatlashi raqibimizga qanday sur’at bag‘ishlaganini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. «Karpati»ni ishqibozlari so‘zning yaxshi ma’nosida oldinga undashdi va bu ularga foyda keltirdi. Biz uchun asosiy maqsad — Ukrainani Chempionlar ligasida munosib himoya qilish.

Muayyan darajada mening futbolchilarim hali ham men idealda ko‘rishni xohlagan darajada tayyor emas: bizga to‘pga birinchi teginish realizasiyasining yetarlicha sifati yetishmayapti, shuningdek, yakuniy bosqichda ortiqcha murakkablashtirib yubormoqdamiz. Buni mukammallashtirishimiz kerak. Mening futbolchilarimning salohiyatiga shubham yo‘q. O‘tgan mavsumda ular o‘z yelkalarida chempionlik unvonini ko‘tarib chiqishdi va ularning har biri mavsum davomida ham UPL, ham Yevropa turnirlarida 20 tadan o‘yin o‘tkazdi. Shu bilan birga, ularda har uch kunda o‘ynash va qiyin g‘alabalarga erishish tajribasi bor edi. Men ularga ishonishda davom etaman va bu ishonch o‘z mevasini berishiga va ular barchamizga quvonch bag‘ishlay olishiga aminman», — dedi Turan.

Kiritildi: 17:40, 06.09.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик