Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Rodri Erikning burnini sindirdi

Rodri Erikning burnini sindirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya chempionatida «Valensiya»ga qarshi o‘tgan va 5:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda burnini sindirib oldi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Hodisa 25-daqiqada sodir bo‘ldi. Jarima maydonidagi kurash paytida «Barselona»ning yangi futbolchisi Rodri beixtiyor Garsiyaning yuziga peshonasi bilan zarba berib yubordi. O‘sha vaziyatda 25 yoshli himoyachi jamoadoshining orqasida turgan edi.

To‘qnashuvdan keyin Garsiyaning burnidan qon ketdi va u o‘yinni davom ettira olmadi. Murabbiylar shtabi darhol almashtirish amalga oshirdi va uning o‘rniga Jyul Kunde maydonga tushdi.

Tibbiy tekshiruvlar Garsiyaning burni singanini tasdiqladi. Hozirda klub shifokorlari futbolchiga jarrohlik amaliyoti zarur yoki yo‘qligini baholamoqda.

Bu Garsiyaning birinchi bunday jarohati emas. U 2025 yil noyabr oyida Chempionlar ligasida «Bryugge»ga qarshi o‘yinda ham burnini sindirib olgan edi. O‘shanda jarrohlik amaliyoti talab qilinmagan.

2026/27 yilgi mavsumda Erik Garsiya «Barselona» safida 3 ta o‘yin o‘tkazdi va gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Kiritildi: 08:12, 07.09.2026.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик