Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Koul «Chelsi»ni Xaversni «Arsenal»ga sotgani uchun tanqid qildi

Koul «Chelsi»ni Xaversni «Arsenal»ga sotgani uchun tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq yarim himoyachisi Jo Koul «ko‘klar»ning «Arsenal»ga qarshi derbidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, sobiq klubi 2023 yilda Kay Xaversni qanday qilib jamoadan qo‘yib yuborganini tushunmasligini aytdi.

«Siz Xaversni har kuni ko‘rib turibsiz. Tushunaman, murabbiylar keladi va ketadi, ammo rahbariyat qayerga qaragan? Xavers sotilganidan keyin «Chelsi» yangi hujumchi izlash uchun qancha mablag‘ sarflaganiga qarang. Menimcha, bunday davom etishi mumkin emas. Fergyuson davrida «Manchester Yunayted»da yoki Venger davrida «Arsenal»da bunday holat hech qachon bo‘lmagan», — dedi Koul Premier League Productions efirida.

2023 yilda «Arsenal» Xaversni «Chelsi»dan 75 million yevroga sotib olgan. Premyer-liganing uchinchi turida «ko‘klar» «kanonirlar»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollardan birini Xavers urdi.

Yangi mavsumda nemis hujumchisi barcha musobaqalardagi to‘rtta uchrashuvda uchta gol urdi.

Kiritildi: 14:59, 07.09.2026.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик