Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» va Richard Xyuz: 670 million funtlik transfer siyosati

«Liverpul» va Richard Xyuz: 670 million funtlik transfer siyosati

Baho:
+ | -

«Liverpul» sport direktori Richard Xyuz klubni tark etdi. U o‘z lavozimidagi faoliyati davomida jamoa tarkibini qayta qurish uchun katta mablag‘ sarfladi. Xyuz rahbarligida klub transferlarga taxminan 670 million funt yo‘naltirdi.

Xyuzning faoliyati «Liverpul»ning transfer siyosati borasida turli savollarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, Luis Diasning «Bavariya»ga sotilishi bahsli qarorlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Kolumbiyalik futbolchi «Liverpul»dan ketganidan keyin Myunxen klubida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi. Uning o‘rniga Bredli Barkolyani olish rejasi esa amalga oshmadi va klub boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, «Liverpul» so‘nggi yillarda ko‘plab muhim futbolchilarini shartnomasi tugagach, tekinga yoki juda kam summaga qo‘yib yuborgan. 2019 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan tarkibdan 14 futbolchining 8 nafari klubni bepul yoki deyarli bepul tarzda tark etgan. Trent Aleksander-Arnoldning «Real»ga transferi ham klub olgan mablag‘ futbolchining bozor qiymatiga nisbatan juda past bo‘lgani uchun alohida qayd etilgan.

Yurgen Klopp davrida esa klub qisqa vaqt ichida Mane, Joel Matip, Jorjinyo Veynaldum, Muhammad Saloh, Endi Robertson, Virjil van Deyk, Fabinyo va Alisson kabi futbolchilarni tarkibga qo‘shib, jamoaning eng muvaffaqiyatli davrlaridan birini yaratgan edi. Keyingi yillarda esa ushbu darajadagi transfer izchilligini saqlab qolish qiyinlashdi.

Qizig‘i shundaki, 2025 yilda Arne Slot qo‘l ostida «Liverpul» yana APL chempioni bo‘lganida, jamoaning eng muhim futbolchilari Alisson, Van Deyk, Aleksander-Arnold va Saloh bo‘lgan. Ularning barchasi klubga ancha oldin, hali Klopp davrida kelgan edi.

Xyuz ketganidan keyin «Liverpul» oldida asosiy vazifa — tarkibdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, transfer bozorida yana samarali ishlash va klubni yuqori darajadagi transfer strategiyasiga qaytarish.

Kiritildi: 16:11, 07.09.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик