«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Portu» ustozi Franchesko Fariolining «shaharliklar»ning transfer xarajatlari haqidagi fikrlariga javob qaytardi.
Farioli matbuot anjumanida «Portu» o‘tgan yozda yangi futbolchilar uchun 500 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan raqibga qarshi o‘ynashini ta’kidlagan edi. Jurnalistlar Mareskadan bu so‘zlarni raqib tomonidan bosim o‘tkazishga urinish deb hisoblaydimi, deb so‘rashdi.
«Bu savolni Francheskoga berish kerak. Men uchun bu bosim emas, balki imtiyoz», — dedi Mareska.
«Portu» seshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.













