"Deportivo" bosh murabbiyi Antonio Idalgo jamoa hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangning mavsum boshidagi o‘yinini yuqori baholadi.
Gabonlik futbolchi 2026/27 yilgi mavsumning dastlabki 4 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
"Obameyang qilayotgan ishlar mutlaqo aql bovar qilmas darajada. U birorta mashg‘ulotni qoldirmaydi va hammadan ko‘proq mehnat qiladi. Uning o‘ziga xos iqtidori bor. Biz ligada yangi jamoamiz va bu mavsum uzoq davom etadi", — deya Idalgoning so‘zlarini ESPN keltirdi.
37 yoshu 79 kunlik Obameyang 2000 yildan buyon La Ligada bir klub safida mavsumning dastlabki 4 ta o‘yinining har birida golli harakat qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Shuningdek, u "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemdan keyin Ispaniya chempionati mavsumining dastlabki 4 ta o‘yinida ham gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Bellingem bu natijani 2023/24 yilgi mavsumda qayd etgan edi.
"Deportivo" 4 turdan so‘ng 8 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.













