Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Pochettino Balogun bilan "Everton"ga o‘tmagani haqida gaplashmoqchi

Pochettino Balogun bilan "Everton"ga o‘tmagani haqida gaplashmoqchi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Monako" hujumchisi Folarin Balogunning "Everton"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida hali futbolchining o‘zi bilan gaplashmaganini, ammo yaqin kunlarda unga qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Avvalroq 25 yoshli amerikalik futbolchi "Everton"ga o‘tishdan voz kechgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer shartlari klublar va futbolchining o‘zi bilan kelishib olingan. Biroq angliyaliklarda Balogunning tibbiy ko‘rigi bo‘yicha savollar paydo bo‘lgan va shundan so‘ng hujumchi fikrini o‘zgartirib, "Monako"da qolgan.

"Bu murakkab vaziyat, chunki siz qarorga ta’sir qila olmaysiz. Faqat futbolchilar va qaror qabul qilayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Albatta, Flo bilan bog‘liq shunday alohida vaziyatlarda yaqin kunlarda unga qo‘ng‘iroq qilaman. "Everton" bilan bog‘liq voqealardan keyin unga biroz vaqt berishni istadim.

Nima bo‘lganini uning o‘zidan bilishni xohlayman, ammo eng muhimi, unga doimo qo‘llab-quvvatlashimizni bildirish. U biz uchun muhim futbolchi. Jahon chempionatida ham jamoamiz uchun muhim edi. U o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan joyni topishiga umid qilaman", — deya Pochettinoning so‘zlarini ESPN keltirdi.

Balogunning "Monako" bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. U AQSH terma jamoasi safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan.

Kiritildi: 05:15, 08.09.2026.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик