Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Poyet Mudrikning «Tottenxem»ga o‘tishini katta tavakkal deb atadi

Poyet Mudrikning «Tottenxem»ga o‘tishini katta tavakkal deb atadi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiy yordamchisi Gustavo Poyet klubning Mixail Mudrikni ijaraga olganiga munosabat bildirdi.

«Bu katta tavakkal. U juda o‘ziga xos futbolchi ekani ham xavfni oshiradi. Mudrikning bitta yaqqol ustunligi bor — tezlik, shunchaki aql bovar qilmas darajadagi tezlik. Agar uning o‘yinida shu jihat ish bermasa, hammasi tugaydi.

Futbolchi ikki yil o‘ynamagan bo‘lsa, jarohat oladimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz. Odatda, bunday futbolchilar sonning orqa qismi mushaklaridan jarohat oladi. Juda katta mablag‘ sarflanmoqda. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi Poyet.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» Mudrikni «Chelsi»dan bir mavsumga ijaraga oldi. Kelishuvda futbolchini 75 million funtga sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 08:28, 08.09.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик