Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«PSJ» Chempionlar ligasida 150 million yevro ishlab olishi mumkin

«PSJ» Chempionlar ligasida 150 million yevro ishlab olishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi Chempionlar ligasining yangi mavsumida ishtirok etgani uchun qancha mablag‘ ishlab olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

The Touchline xabar berishicha, agar «PSJ» turnirda g‘olib chiqsa, klub taxminan 150 million yevro daromad oladi.

Qayd etilishicha, parijliklar Value Pillar dasturi doirasida kafolatlangan 63,97 million yevro oladi. Bu sovrin jamg‘armasini taqsimlash tizimi bo‘lib, jamoaning turnirdagi natijalariga bog‘liq emas. Bunda klubning media faolligi va UEFA reytingi hisobga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Chempionlar ligasining so‘nggi ikki mavsumida g‘olib chiqqan. Luis Enrike shogirdlari yangi mavsumni o‘z maydonida «Slovan»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 14:39, 08.09.2026.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик