Yaqinda «Barselona»da joriy mavsum uchun besh nafar sardor tanlandi. Ular orasiga 19 yoshli vinger Lamin Yamal ham kiritildi.
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi matbuot anjumanida bu yoshda «Barselona» sardorlaridan biri bo‘lishidan faxrlanishini ta’kidladi.
«19 yoshimda «Barselona» sardori bo‘lish men uchun katta sharaf. Barcha jamoadoshlarimdan juda minnatdorman. Juda xursandman va jamoa uchun qo‘limdan kelgan barchasini qilaman», — dedi Yamal.
Joriy mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi.













