Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Safonov Donnarummaning «PSJ»dagi o‘yini haqida fikr bildirdi

Safonov Donnarummaning «PSJ»dagi o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov Fransiya grandidagi birinchi mavsumi haqida gapirdi. U jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rin uchun italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma bilan raqobat qilgan.

«Jamoaga kelganimda asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasligimni juda yaxshi bilardim. Birinchi mavsumim juda sermazmun o‘tdi. Zaxiradagi darvozabonning 17 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushishi kamdan-kam uchraydi. Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.

Donnarumma — men hozirgacha ko‘rgan eng yaxshi darvozabonlardan biri. Uning Chempionlar ligasidagi seyvlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, buni inkor qilish ahmoqlik», — deya Safonovning so‘zlarini Le Parisien keltirmoqda.

«PSJ»dagi birinchi mavsumida Safonov 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Donnarumma esa o‘sha mavsumda 47 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 ta gol o‘tkazdi va 15 marta «quruq» o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 08:11, 09.09.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик