Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 1-turida «Vilyarreal» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bugun biz juda yaxshi futbol o‘yiniga guvoh bo‘ldik. Jamoam juda yaxshi mehnat qildi. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik va o‘z imkoniyatlarimiz nimalarga qodir ekanini ko‘rsatdik. Afsuski, raqib biz istagandan ko‘ra ko‘proq vaziyat yaratdi. Keyingi ikki o‘yinni safarda o‘tkazishimizni hisobga olsak, bugun o‘z maydonimizda g‘alaba qozonish juda muhim edi», — dedi Kovach.
Umumiy bosqichning 2-turida «Borussiya» 14 oktyabr kuni «Budyo-Glimt» bilan, «Vilyarreal» esa 13 oktyabr kuni «Napoli» bilan o‘ynaydi.













