Chempionlar ligasi madhiyasining yangi mavsumda o‘zgartirilgan talqini futbol muxlislarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muxlislar yangi versiyani tanqid qilib, uni avvalgisidan yomonroq deb baholamoqda.
Madhiyaning asosiy ohangi saqlab qolingan bo‘lsa-da, uning aranjirovkasi va ijrosidagi o‘zgarishlar futbolning eng mashhur musiqiy ramzlaridan biriga o‘rganib qolgan muxlislarga yoqmadi. Ayrimlar esa eski versiyani qaytarishni yoqlab chiqdi.













