«Inter» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines Lionel Messining bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq 39 yoshli Messi nufuzli sovrin uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan edi.
«Messining «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyati bormi? Ha, shubhasiz. U dunyodagi eng yaxshi futbolchi va bu sport tarixidagi eng buyuk o‘yinchi.
Messi futbol o‘ynayotgan ekan, unda bu sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati doimo bo‘ladi», — deya Martinesning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan va bu rekord natija hisoblanadi. Hozirda u MLS vakili «Inter Mayami» safida to‘p tepmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.













