«PSJ» Chempionlar ligasida «Slovan»ni 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri Usman Dembele bo‘ldi. U dubl qayd etib, yana ikki golli uzatma amalga oshirdi. O‘yindan so‘ng «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike fransuz futbolchisi haqida fikr bildirdi.
«Biz yaxshi ishladik, ajoyib o‘ynadik. Bugun, menimcha, meni eng ko‘p Dembelening o‘yini hayratga soldi. Qanday jadallik! To‘p bilan ham, to‘psiz ham. Qachonki menda shunday Usman bo‘lsa, bu haqiqiy zavq. Uni har kuni shunday intilish bilan ko‘rish imkoniyatidan mamnunman», — dedi Enrike Canal+ nashriga.
«PSJ» keyingi o‘yinini 13 sentyabr kuni Fransiya chempionatida safarda «Brest»ga qarshi o‘tkazadi.













