«PSJ» Chempionlar ligasining 1-turida «Slovan»ni 6:1 hisobida osonlik bilan mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Yaya Ture boshqarayotgan raqib haqida fikr bildirdi.
«Menga «Slovan»ning o‘ynashga harakat qilayotgani yoqadi. Bugun ular uchun eng yaxshi kun bo‘lmadi, chunki biz birdamlikda harakat qilganimizda bizga qarshi o‘ynash juda qiyin ekanini ko‘rsatdik. Agar shunday pressing qilib, to‘pni tez qaytarishda davom etsak, har qanday raqibga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. Ammo «Slovan» qilayotgan ishlar ularga ijobiy natijalar berishi mumkin. O‘ylaymanki, turnir davomida ularning natijalari yaxshilanadi.
Yaya Ture? Uning futbolchilarga yetkazayotgan g‘oyalari menga yoqadi. Unda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha narsa bor. Unda ajoyib murabbiy bo‘lish uchun sifat va qobiliyatlar mavjud», — dedi Enrike jurnalistlarga.
Chempionlar ligasining 2-turida «PSJ» safarda «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynaydi.













