«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Edegor Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Napoli» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Golim haqida aytsam, to‘p darvozaga qanday kirganini hatto ko‘rmadim. Yaxshi gol bo‘ldi. Raqib past blokda himoyalanayotganida bir payt jarima maydoni tashqarisidan zarba berish ma’quldek tuyuldi va bu qaror o‘zini oqladi.
Biz ajoyib futbol namoyish etdik va ancha ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Shunga qaramay, asosiy maqsadimizga erishdik.
Juda yaxshi o‘ynadik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Faqat yakuniy bosqichda yana gol urish uchun biroz aniqlik yetishmadi. Ammo to‘g‘ri kayfiyatni saqlagan holda o‘yinni davom ettirdik», — dedi futbolchi TNT Sports’ga bergan intervyusida.













