Bugun, 10 sentyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Bavariya» va «Bude-Glimt» o‘zaro to‘qnash keladi.
Ekspertlarga ko‘ra, uchrashuvning yaqqol favoriti — Germaniya klubi. «Bavariya»ning g‘alaba qozonish ehtimoli 87,1 foiz deb baholangan.
«Bude-Glimt» g‘alabasi ehtimoli 4,2 foizni, durang natija esa 8,7 foizni tashkil etmoqda.
«Bavariya» Germaniya chempionatining dastlabki ikki turidan so‘ng 4 ochko jamg‘argan. «Bude-Glimt» esa Norvegiya chempionatida 19 turdan keyin 47 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.













