«Manchester Yunayted» vingeri Brian Mbeumo Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyati u uchun nimani anglatishi haqida gapirdi.
«Men uchun bu juda katta qadam. Fransiya Liga 2sidan shunday ulkan klubgacha yetib kelish va endi Chempionlar ligasida o‘ynash — men uchun juda katta mukofot. Buni sabrsizlik bilan kutyapman».
— O‘tgan yozda seni darhol Chempionlar ligasida o‘ynash imkonini beradigan boshqa klublarga o‘tishing mumkin edi. Ammo sen «Manchester Yunayted» bilan bu maqsadga erisha olishingga ishonib, shu yerga kelishga qaror qilding...
«Ha. Men jamoa va futbolchilar haqida tasavvurga ega edim va bu yerda yigitlar bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishimni bilardim. Bundan tashqari, Manchesterga kelishimdan oldin ham ayrim futbolchilardan xabarlar olgandim. Biz birgalikda yaxshi natijalarga erisha olishimizga chindan ham ishonardim.
Bu Chempionlar ligasi qur’asini birinchi marta kuzatishim edi. Albatta, har bir o‘yinni katta qiziqish bilan kutyapman. Har bir mamlakat, har bir raqib o‘ziga xos. Yangi joylarga borib, hammasini o‘z ko‘zing bilan ko‘rish doimo yoqimli», — dedi Mbemo.
Musobaqaning birinchi turida «qizil iblislar» Ozarbayjonning «Sabah» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv bugun, 10 sentyabr kuni soat 23:59 da boshlanadi.













