Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Marlon «Barselona»da Messi, Neymar va Suares bilan o‘ynagan davri haqida gapirdi

Marlon «Barselona»da Messi, Neymar va Suares bilan o‘ynagan davri haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Shaxtyor» himoyachisi Marlon Santos «Barselona» safida to‘p surgan davrini esladi.

«Neymar, Suares va Messi — futbol uchun o‘sha paytda ham juda muhim futbolchilar edi va hozir ham shundayligicha qolmoqda. Ular bilan birga o‘ynash men uchun katta imtiyoz bo‘lgan. Bu inson Yaratganga shukr qilishi kerak bo‘lgan voqealardan biri edi. Ular menga doim yaxshi munosabatda bo‘lishgan, ayniqsa, men kabi braziliyalik bo‘lgan Neymar.

Aynan o‘sha «Barselona»da ular bilan birga bunday tajribani boshdan kechirish aql bovar qilmas darajada ajoyib edi. Bundan tashqari, Luis Enrike qo‘l ostida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Hozir u dunyoning eng yaxshi murabbiyi, ammo o‘sha paytdayoq uning falsafasi va futbol tili men uchun juda tushunarli edi.

Uning qo‘l ostidagi mashg‘ulotlar menga juda ko‘p narsa berdi. Chunki bunday kiyinish xonasida bo‘lish insonda butun umr saqlanib qoladigan tajriba qoldiradi.

Bilasizmi, u yerda eng muhim nimani o‘rgandim? Kamtarlikni. Qanchalik buyuk bo‘lsang, shunchalik kamtar bo‘lasan», — dedi Marlon Santos.

30 yoshli braziliyalik futbolchi 2016 yil iyuldan 2018 yil avgustgacha «Barselona» tizimida to‘p surgan va asosiy jamoa safida 3 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 16:34, 10.09.2026.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик