«Barselona» sport direktori Deku jamoaning 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsining darajasi haqida fikr bildirdi.
«Men uchun Kubarsi — markaziy himoyachilar orasidagi Yamal. U eng hayratlanarli iste’dod. Pau juda katta qadam tashladi, o‘sdi va yetakchiga aylandi. U ancha ulg‘aydi», — dedi Deku El Món a RAC1 dasturida.
Joriy mavsumda Kubarsi barcha musobaqalar hisobida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
13 sentyabr, yakshanba kuni «Barselona» La Liganing 5-turida safarda «Levante»ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.













