Kamerun futbolida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar, xususan, Samyuel Eto’o atrofidagi bahslar davom etmoqda.
Derbyderbyderby.it nashri The Times ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Eto’o 2023 yili Rossiya va Kamerun terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida federasiyaga yuborilgan 500 ming yevroni o‘zlashtirgan. Go‘yoki, pullar futbolchiga Qatardagi bank orqali kelib tushgan va federasiya hisobiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.
Biroq manba bu ayblovlarni tasdiqlovchi hech qanday hujjatli dalil keltirmagan.













