"Atletiko" yarim himoyachisi Juliano Simeone jamoa hujumchisi Xulian Alvares atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Bu haqda gapirayotgan odamlar uni tinch qo‘yishi kerak. U shu yerda, biz bilan. U golli uzatmani amalga oshirdi, biz esa unga yordam beryapmiz. U ajoyib gol urishga juda yaqin keldi.
Aslida, u juda ko‘p mehnat qildi. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. U fantastik futbolchi va biz uchun juda muhim. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, shuning uchun uning biz bilan ekanidan xursandmiz", — deya Simeonening so‘zlarini ESPN Argentina keltirdi.
Chempionlar ligasining birinchi turida "Atletiko" safarda "Liverpul"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Madridliklarning yagona golini Markos Lyorente Xulian Alvaresning uzatmasidan so‘ng urdi.













