Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Samuele Inasio faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli forvardga «Inter» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham futbolchini yozgi transfer oynasida kuzatgan va hozir ham uni o‘z qiziqishlari doirasida saqlab turibdi.
Joriy mavsumda Inasio barcha musobaqalar hisobida uchta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Hujumchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













