«Portu» bosh murabbiyi Franchesko Farioli Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng jamoa darvozaboni Diogu Koshtaning harakatlariga baho berdi.
«Men uni dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri deb hisoblayman. U o‘z saviyasi eng yuqori darajada o‘ynash imkonini berishini yana bir bor isbotladi. U biz bilan ekani — katta omad», — dedi Farioli jurnalistlarga.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida «Portu» o‘z maydonida «Manchester Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Koshta barcha musobaqalar hisobida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol o‘tkazib yubordi. U 5 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













