«Bavariya» Chempionlar ligasining yangi mavsumini ishonchli boshladi. Vensan Kompani jamoasi o‘z maydonida «Budyo-Glimt»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Myunxenliklar barcha beshta golni ikkinchi bo‘limda urdi.
Shu tariqa, «Bavariya» Chempionlar ligasining guruh yoki umumiy bosqichidagi uy o‘yinlarida mag‘lubiyatsiz seriyasini 39 ta uchrashuvga yetkazdi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar ushbu seriya davomida 37 ta g‘alaba qozongan va 2 marta durang qayd etgan.
«Bavariya» Chempionlar ligasining mazkur bosqichida o‘z maydonida qariyb 13 yildan beri mag‘lub bo‘lmayapti.
Jamoa so‘nggi bor 2013 yil dekabr oyida guruh bosqichida uyida yutqazgan. O‘shanda «Bavariya» «Manchester Siti»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.













